SEM Travel — Sayohat Agentligi Toshkent
💳 SEM Club

Dastur Qoidalari

SEM Club loyalty dasturining to'liq shartlari va qoidalari

0.5–1.5%
Cashback har turdan
3
Status darajasi
$30
Birinchi tur sovg'asi
ℹ️

Ushbu qoidalar SEM Club loyalty dasturining barcha a'zolari uchun majburiy hisoblanadi. Dasturga a'zo bo'lish orqali siz ushbu qoidalarni qabul qilgan hisoblanasiz.

  • 1

    SEM Club dasturiga ishtirok etish bepul va ixtiyoriy.

  • 2

    A'zolik SEM Travel orqali birinchi tur sotib olingandan so'ng avtomatik boshlanadi.

  • 3

    Karta shaxsiy bo'lib, boshqa shaxsga o'tkazilmaydi va naqd pulga almashtirilmaydi.

  • 4

    Bir shaxs faqat bitta SEM Club kartasiga ega bo'lishi mumkin.

  • 5

    A'zo bo'lish uchun O'zbekiston fuqarosi yoki O'zbekistonda muqim yashash huquqiga ega shaxs bo'lish talab etiladi.

📊 Status darajalari — qisqacha

🥈
Classic
Birinchi turdan
0.5% cashback
🥇
Gold
20 000$+ aylanma
1% cashback
💎
Platinum
40 000$+ aylanma
1.5% cashback
⚖️

Huquqiy eslatma

Majburiy o'qing

"SEM Travel" Mas'uliyati Cheklangan Jamiyat ushbu kampaniya va loyalty dasturi qoidalarini istalgan vaqtda oldindan xabardor qilmasdan ko'rib chiqish, o'zgartirish yoki butunlay bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.

O'zgarishlar SEM Travel rasmiy sayti (semtravel.uz) da e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Dastur to'xtatilgan taqdirda, a'zolarga 30 kun muddatda xabar beriladi va yig'ilgan ballarni ishlatish imkoniyati saqlanadi.

Bahsli vaziyatlarda SEM Travel qarorining yakuniy ekanligi tan olinadi.

Qoidalar so'nggi yangilanishi: 2025-yil yanvar
💳

SEM Club ga a'zo bo'ling!

Birinchi turingizdan boshlab cashback yig'ing va imtiyozlardan foydalaning.